AsosiyDunyo

“Kakku uyasi uzra parvoz” filmining rejissyori vafot etdi (Foto va video)

'“Kakku uyasi uzra parvoz” filmining rejissyori vafot etdi (Foto va video)'ning rasmi

Kelib chiqishi chexiyalik bo`lgan Amerika rejissyori Milosh Forman 87 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Kinopoisk.ru nashri.

Milosh Forman 1932 yili 18 fevralda Chexoslavakiyaning Chaslava shahrida tavallud topgan.

Ikkinchi jahon urushi paytida bo`lajak rejissyorning otasi taqiqlangan adabiyotlarni tarqatgani uchun nasistlar tomonidan hibsga olingan, onasi esa Osvensimda halok bo`lgan.

1960 yili Forman o`zining ilk filmi “Laterna magika 2” hujjatli filmi bilan kinoolamiga kirib keladi. 1963 yili rejissyor “Qora Pyotr” tragikomediyasi orqali jahonga mashhurlikka erishadi.

Milosh AQShga ko`chib o`tgach, yozuvchi Ken Kizi asari asosida “Kakku uyasi uzra parvoz” filmini suratga oladi. Film beshta yo`nalish bo`yicha “Oskar” mukofotiga sazovor bo`ladi.

1985 yili esa rejissyor yana bir durdona film – “Amadey”ni kinoixlosmandlarga taqdim etadi. Bu safar ham rejissyorning filmi umumiy ravishda beshta “Oskar”ga munosib ko`riladi.

So`nggi yillarda Milosh Forman “Goyi arvohi”, “Oydagi odam”, “Saxiylik ila to`langan sayr” kabi filmlarni suratga oladi.

Rejissyorning rafiqasi aytishicha, Milosh so`nggi paytlarda kasallik bilan kurashib kelgan va juma kuni hayotdan ko`z yumgan.

Boshqa yangiliklar