Joriy yilning 14 aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialida o`qishga qabul qilingan 1-kurs talabalarining qasamyod qilish tadbiri o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabariga ko`ra, marosimda muassasa rahbariyati va taklif etilgan mehmonlar tomonidan tabriklar bildirildi. Shu bilan birgalikda tadbir jarayonida talabalarga Talabalik guvohnomasi topshirildi.






