AsosiyShou-biznes

Shahzoda Qosim sulton Murodning g`azabi qurboni bo`ladi

'Shahzoda Qosim sulton Murodning g`azabi qurboni bo`ladi'ning rasmi

“Ko`sem” serialidagi shahzoda Qosimning taqdiri qanday yakun topishi barcha teletomoshabinlarni birdek qiziqtirayotgan bo`lsa ajabmas.

Shahzoda Qosim rolini turk aktyori Dogach Yildiz ijro etishgan...


Dogach Yildiz kino olamiga o`smirlik davridayoq qadam qo`ygan. Bo`lajak aktyor me`mor Sinan nomidagi nufuzli tasviriy san`at universitetining teatr bo`limiga o`qishga kirgan va muvaffaqiyatli tugatgan. Aktyor tomoshabinlarga “Ikki oila” serialidagi Efe Soydan roli orqali yaxshi tanish. Bundan tashqari “Shirin hayot” teleshousida ishtirok etgan.

“Ko`sem” serialining aktyorlar ansambli tomoshabinni hayoratga soladi. Boisi taniqli aktyorlar bilan bir sahnada deyarli tanish bo`lmagan yosh ijodkorlar ham rol ijro etgan. Shahzoda Qosim rolini talqin qilgan Dogach Yildiz ham shular jumlasidan. Uning serialdagi roli u qadar ahamiyatli emas. Dogachning qahramoni tarixiy jarayonni kuzatish uchungina e`tiborli xolos. Sulton Ahmed va Ko`sem sultonning o`g`li Qosim juda jizzaki. Shahzoda sulton Murodning g`azabi qurboni bo`ladi. Sulton Fotix qonunnomasiga ko`ra sulton Murod IV ukasi Qosimni 21 yoshida bo`g`ib o`ldirishga xukm qiladi. Shahzoda Istanbuldagi Sofiya muzeyi yonidagi Murod III maqbarasiga dafn qilingan.

Shahzoda Qosim:

O`zimga o`zim “Bu davrda yashashni istaymanmi?” degan savolni berdim. Nazarimda mohir qilichboz shahzoda bo`lishni istayman. Chunki bu kuch hatto o`yin vaqtida ham qo`l keladi!

  • Dogach Yildiz 1991 yilning 16 sentyabrida Istanbulda tug`ilgan.
  • Dogachning bo`yi: 1.79.
  • Burji: sunbula.


Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar