To`qnashuv kichik motorli va sport samolyotlari qo`nish maydonchasiga kirayotgan vaqtda yuz bergan. Ikkala uchuvchi halok bo`lgan. Samolyot bortlarida yo`lovchilar bor yo`qligi hali noma`lum.
Focusning xabar berishicha, hodisa 15 aprel kuni Germaniyaning janubi-g`arbidagi Shvebish-Xall shaharchasi yaqinida sodir bo`lgan.
Halokat joyida Aviasiya hodisalarini o`rganish bo`yicha federal agentlik mutaxassislari ish olib bordi.
16.04.2018 16:03
Germaniyada ikki samolyot to`qnashib ketdi, qurbonlar bor






