1

Latviya parlamenti a`zolari Buxoroda bo`ldi

Siyosat 17.04.2018, 10:34
Latviya parlamenti a`zolari Buxoroda bo`ldi

O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Latviya Respublikasi Seymi Raisi Inara Murniese boshchiligidagi ushbu mamlakat parlamenti vakillari Buxoroda bo`ldi, deb xabar bermoqda O`zA.

Mehmonlar viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari B.Shahriyorov hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan me`moriy yodgorliklar va boshqa diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishdi.

Buxoroning sayyohlik salohiyati juda yuqori. Mehmonlarga ana shu imkoniyatdan samarali foydalanib xorijiy sayyohlarni jalb etish, ularga xizmat ko`rsatish sifatini yuksaltirish, turizm industriyasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli loyihalar haqida ma`lumot berildi.

Latviya parlamenti delegasiyasi viloyatda sayyohlikning tarixiy va madaniy yo`nalishlarida taklif etilayotgan yangi turistik mahsulotlar mamlakatimizning jozibadorligini yanada oshirish va sayyohlar oqimini ko`paytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1