Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Bahrom Gassem Suriyaning Shayrat aviabazasiga Isroil harbiylari tomonidan uyushtirilgan deb ehtimol qilinayotgan raketalar hujumini “tajovuzkorona harakat” deb baholab, aybdor qilmishiga yarasha javob olishini ma`lum qildi.
Baxrom Gassem so`zlarini keltirgan "Haaretz " gazetasiga asoslanib, bu haqda RIA Novosti yozadi.
Baxrom Gassem Suriya armiyasi o`z hududini himoya qilishga qodirligi va uni bajarishini ham ta`kidlagan.
Avvalroq Suriya ommaviy axborot vositalari mamlakatning Xoms hududidagi havo mudofaa tizimi chetdan yo`llangan raketalarni urib tushirgani haqida xabar tarqatgan edi. RIA Novostining Suriya armiyasidagi manbasi ham Shayratga bo`lgan raketalar hujumini tasdiqladi. Al-Masdar axborot portalining qayd etishicha esa Shayratga yo`llangan raketalar Isroil tomonidan uchirilgan bo`lib, Suriya armiyasi hujumni havoning o`zida bartaraf etgan. Al-Masdarning yana bir ma`lumotiga ko`ra Damashq shimolidagi Dumeyr aerodromiga ham raketa hujumi uyushtirilgan bo`lgan.
17.04.2018 09:30
Eron: Isroil Suriyaga raketa yo`llagan bo`lsa, javob beradi






