O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ommabop ijtimoiy tarmoq hamda messenjerlarda o`z sahifa va kanallarini ishga tushirdi.
Endilikda fuqarolar ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalangan holda Moliya vazirligi tizimiga daxldor yangilik, turli mavzulardagi muhokama va so`rovnomalarda faol ishtirok etishlari mumkin.
TELEGRAM-kanal
Hozirgi kunda Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti(www.mf.uz)da hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida umumta`lim muassasalari xodimlari, ayniqsa, o`qituvchilarni, rag`batlantirish tizimini takomillashtirish bo`yicha savolnomasi e`lon qilinmoqda. Savolnoma bilan batafsil tanishib vazirlikning yuqorida keltirilgan sahifalarida o`z taklif va mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.






