AsosiyJamiyat

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi

'Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir A.Aripov rahbarligida “Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta`lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo`l qo`ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas`uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash” masalasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Yig`ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy soha xodimlari, xususan, shifokorlar, o`qituvchilar va talaba-yoshlarni jamoat ishlariga jalb qilishning oldini olish, majburiy mehnatga taqiq qo`yish, rahbar xodimlarning hududlarda ko`zbo`yamachilikka yo`l qo`yishining oldini olishga qaratilgan topshiriqlari ijrosi, bu borada aniq mexanizmni ishlab chiqish va qat`iy nazorat o`rnatish borasidagi ishlar muhokama etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar