Qozog`iston va Rossiya prezidentlari Nursulton Nazarboev va Vladimir Putin o`rtasida telefon muloqoti bo`lib o`tdi. Suhbatda Suriya atrofidagi mojaro bilan bog`liq vaziyat muhokama qilindi.
"Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi, jumladan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi. Telefon muloqoti Rossiya tomonniing tashabbusi bilan amalga oshirildi", deya xabar berdi Oq o`rda sayti.
Eslatib o`tamiz, 14 aprel kuni Suriyadagi ehtimoliy kimyoviy ob`ektlarga AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan raketa zarbalari berildi. Rossiya AQShning hatti-harakatlari yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashiga arz qildi, biroq bu borada rezolyusiya qabul qilinmadi, ovoz berishda Qozog`iston betaraf qolgan.






