Yirtqich baliq 34 yoshli erkakka hujum qildi, deya xabar qilmoqda News.day.az nashri.
Resifi kurortiga oilasi bilan kelgan Pablo de Melo syorfingda uchmoqchi bo`ldi. Sayoz joyda shug`ullanayotgan Pabloga birdan nahangbaliq hujum qildi. Jabrlanuvchi qirg`oqqa olib chiqilganda, u hali-hanuz hushini yo`qotmagan edi. Shifoxonaga yotqizilgan Pabloning o`ng oyog`i kesib tashlandi.






