AsosiyJamiyat

“O`zbekiston — yil kashfiyoti”

'“O`zbekiston — yil kashfiyoti”'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston yoshlar ittifoqi delegasiyasi 15-19-aprel kunlari Global tadbirkorlik tarmog`i (GTT) doirasida Istanbul shahri (Turkiya)da o`tkazilayotgan Global tadbirkorlik kongressida ishtirok etmoqda. Mazkur kongressda 170 ta davlatdan 2000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.

Quvonarlisi, mazkur tadbirdagi “ Compass awards” (GTT dagi faol davlatlarni taqdirlash marosimi)da O`zbekistonda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni inobatga olib, “O`zbekiston — yil kashfiyoti” nominasiyasi bo`yicha 170 ta davlat orasida taqdirlandi. Tadbirda O`zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan odilona islohotlar e`tirof etildi.

Shuningdek, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari Odiljon Tojiev, Xalqaro biznes va texnologiyalar assosiasiyasi kuzatuv kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov Global tadbirkorlik tarmog`i prezidenti Jonatan Ortmans bilan uchrashdi. Unda GTT bilan O`zbekiston keng qamrovli hamkorlik olib borishga kelishib olindi hamda O`zbekistonning GTTga rasman a`zoligini mustahkamlovchi memorandum imzolandi.

Unga ko`ra xalqaro maydonlardan foydalanish, startaplarni, biznesni qo`llab-quvvatlash, xalqaro darajadagi yirik tadbirkorlar tomonidan yosh tadbirkorlarimizga mahorat darslarini o`tkazish, yurtimizda tadbirkorlik eko sistemasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarda muntazam hamkorlik yo`lga qo`yiladi.

Kongressda Global tadbirkorlik tarmog`ining O`zbekistondagi vakili etib Hikmat Abdurahmonov qayta saylandi.
Eslatib o`tamiz: 2017-yil 13-18-noyabr kunlari mamlakatimizda ilk marotaba Global tadbirkorlik haftaligi o`tkazilgan edi.

    Boshqa yangiliklar