Toshkent viloyatida 17 aprel, seshanba kuni 5 kishi joniga qasd qildi, ulardan 3 nafari voqea joyining o`zida hayotdan ko`z yumdi.
UzNews xabariga ko`ra, Bo`stonliq tumanida, 17 aprel kuni soat 10.00 da Bo`stonliq tumani, Qo`shqo`rg`on qishlog`i, Xo`ja mahallasi, Ofarin ko`chasida yashagan, nafaqaho`r, oilali, 1957 yilda tug`ilgan, S. G`. uyi molxonasi to`siniga o`zini osib, vafot etgan.
Shuningdek, Oqqo`rg`on tumanida, 17 aprel kuni soat 17.30 da Oqqo`rg`on tumani, Xosildor mahallasi, Ferma ko`chasi, raqamsiz uyda yashagan, uy bekasi, 1978 yilda tug`ilgan, M.B. uyini oldidagi “Damirbek Mustafo” fermer xo`jaligi dalasidagi daraxtga o`zini osib, vafot etgan.
Toshkent tumanida, esa 17 aperl kuni Toshkent tumani, Axillik mahallasi, Xurramlik ko`chasida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1988 yilda tug`ilgan, J.M. uyi hammomi eshigiga arqon bilan o`zini osib, o`z joniga suiqasd qilayotganda yaqin qarindoshlari tomonidan qutqarilib, Toshkent shahar TTA-2 kasalxonasiga yotqizilgan.
Bundan tashqari, Yangiyo`l tumanida, 17 aprel kuni soat 08.30 da Yangiyo`l tumani, A.Navoiy mahallasi, Nihol ko`chasida yashagan, Yangiyo`l iqtisodiyot kasb-xunar kollejining 3-kurs o`quvchisi, 1999 yilda tug`ilgan, H.U. uyidagi qurib bitkazilmagan oshxona to`siniga o`zini osib, vafot etgan.
Yangiyo`l tumanida esa, 17 aprel kuni Tumanning, Umid mahallasi, Ulug`bek ko`chasida yashovchi, uy bekasi, oilasi bilan ajrashgan, 1995 yilda tug`ilgan, S.D. uyi molxonasidagi to`siniga arqon bilan o`zini osib, o`z joniga suiqasd qilayotganda yaqin qarindoshlari tomonidan qutqarilib, tuman kasalxonasiga yotqizilgan.






