1

Edvard Snouden Nobel mukofotiga sazovor bo`lishi mumkin

Dunyo 24.06.2014, 12:29
Edvard Snouden Nobel mukofotiga sazovor bo`lishi mumkin

Norvegiyalik bir nechta yuristlar AQSh maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snoudenga Nobel mukofotini berishni so`rashmoqda.

Norvegiyaning yuristlar halqaro komissiyasi (YuHK) uning nomzodini qo`llash uchun imzo yig`ishni boshlashdi, deya xabar bermoqda “Aftenposten” gazetasi.

Snoudenga ushbu mukofotni berish uchun Bergen universiteti sobiq rektori professor Yan Fritof Bernt, Oslo Universiteti professori Bernt Xagtvet, YuHQning norvegiyadagi bo`limi direktori Yon Vessle-Os hamda Norvegiya texnika va tabiat universiteti professori qo`llab-quvvatlamoqda.

“Snoudenning harakati va fikri butun dunyo bo`ylab siyosatchilar, jurnalistlar va oddin fuqarolarni maxsus xizmatlarning katta hajmdagi kuzatuv ishlari va jamiyat hayotiga aralashuvi to`g`risidagi savol haqida o`ylantirib qo`ydi”,-deyiladi Nobel institutiga yuborilgan xatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1