Nematula Ibragimov Hukumatning 2018 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq O`zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi:
- Qur`on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo`lgan sohalar bo`yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o`rta maxsus, oliy ta`lim, oliy ta`limdan keyingi ta`lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta`limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan etakchi ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
- respublikadagi barcha islom ta`lim muassasalari faoliyatini o`quv-me`yoriy va o`quv-uslubiy jihatdan ta`minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.






