1

«Zuvola» asil qo`shiqlar milliy tanlovi g`oliblari taqdirlandi

Madaniyat 18.04.2018, 17:30
«Zuvola» asil qo`shiqlar milliy tanlovi g`oliblari taqdirlandi

17 aprel kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasining katta zalida “Zuvola” asil qo`shiqlar milliy tanlovining dastlabki g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda muassasa axborot xizmati xabar berdi.

Taqdirlash marosimini Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi hamda joriy yilning 25 yanvar sanasidan to tanlov yakunlanishi nazarda tutilgan 15 fevralga qadar kelib tushgan 2500 ta qo`shiq orasidan kuchli yigirmatalik uchun faqatgina to`rtta qo`shiq tanlab olingani va nisbatan yaxshi deya e`tirof etilgan 15 ta qo`shiq esa tanlovning rag`batlantiruvchi mukofotlari uchun mo`ljallangan 30 ta qo`shiq safiga kiritilganini takidlab o`tdi.

Tanlovga kelib tushgan qo`shiqlar ichidan eng saralari deb topilgpn qo`shiqlar mualliflariga diplom va pul mukofotlaini topshirdi.

PQ5A7589.JPG

Zuvolasi pishiq deb topilgan Aziza Mamadalieva va Yulduz Abdurahmonovalar “Mayda-mayda” qo`shig`i uchun diplom, pul mukofotidan tashqari televidenie va radioda o`z ijod namunalarini taqdim etishi uchun bir yillik bepul lisenziya “O`zbekkonsert” davlat muassasasining derektori O.Abduqaxorov tomonidan taqdim etildi.

PQ5A7977.JPG

Taqdirlash marosimida estradamiz yulduzlari, jurnalistlar va televidenie vakillari ishtirok etishdi. Taqdirlash marosimi ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi.

PQ5A7984.JPG

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1