Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Mun Chje In va Shimoliy Koreya rahbari Kim Jong Inning shu yil 27 aprel kuni uchrashishi kutilyapti. Bu tarixiy uchrashuvning 68 yillik urushga barham berishidan umid katta.
Shimoliy Koreya prezidenti Kim Jong Inning Donald Tramp bilan ham joriy yil may oyida uchrashishi kun tartibidagi muhim masalalardan. Biroq Donald Trampning aytishicha, Shimoliy va Janubiy Koreya o`rtasidagi urushni to`xtatish uchun AQShning ruxsatiga zaruriyat yo`q.
Janubiy Koreya shimoldagi qo`shnisi bilan o`nlab yillardan beri davom etib kelayotgan urushni to`xtatish bo`yicha bosh qotirayotgan bir paytda, AQShlik mulozimlar Shimoliy Koreya prezidenti bilan oliy darajada uchrashuv tashkil etilganini ma`lum qilishdi.
AQSh tashqi ishlar vazirligiga nomzod va CIA direktori Mayk Pompeo AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya prezidentining oliy darajadagi uchrashuvi haqida muzokara o`tkazish uchun mart oyi oxirida Pxenyanga borganini va Kim bilan maxfiy ravishda uchrashganini kuni kecha matbuot orqali ma`lum qildi.
Mayk Pompeo Shimoliy Koreya bilan nima haqda suhbatlashgani taxmin qilsa bo`ladi. Agar TrampKim Jong In bilan uchrashishning uddasidan chiqsa, uAQSh prezidenti sifatida ilk marta Shimoliy Koreya rahbari bilan muzokaralar stoliga o`tirgan shaxs o`laroq tarixda qoladi. Buning uchun, albatta, Mayk Pompeoning diplomatik mahorati katta rol o`ynaydi.
Tramp – Kim Jong In uchrashuvi qanday natija beradi?
Pompeoning tashrifi haqida ma`lumot bergan AQShlik rasmiy vakilning aytishicha, Pompeoning uchrashuvi AQSh va Shimoliy Koreya o`rtasida samarali muzokaralar olib borish uchun umid uchqunlarini uyg`otmoqda.
Ayni paytda Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlarida 27 aprel kuni o`tkaziladigan oliy darajadagi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko`rilyapti. Bu zirva 1950–1953 yillarda boshlangan Koreya urushini rasman to`xtatish uchun imkoniyat tug`diradi.
Janubiy Koreya mulozimlaridan biri “Shimoliy–Janubiy Koreya zirvasi” haqida jurnalistlarga bergan intervyusida: “Koreya yarim orolida sulhga erishish uchun
10 kundan kamroq vaqt qoldi. Lekin bu ishni faqat Shimoliy Koleyaning o`zi bilan hal etish mushkul. Bu borada boshqa davlatlar bilan ham maslahatlashuvlar o`tkazish lozim”, dedi.
AQSh prezidenti kuni kecha Shimoliy va Janubiy Koreya o`rtasidagi urushga barham berish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni qo`llab-quvvatlashini aytib o`tgan.“Odamlar hali Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari o`rtasidagi urush tugamaganidan xabari yo`q”, deya ilova qilgan Donald Tramp.
Tramp Shimoliy Koreya bilan AQSh o`rtasida diplomatik munosabatlar boshlandi. Bu munosabatlar qaysi tomonga burilishini vaqt ko`rsatadi.
“Tramp – Kim” uchrashuvi avval mart oyida, keyinroq esa may oyi oxiri yoki iyun oyi boshiga ko`chiriligani, biroq bu uchrashuv o`tkazilmasligi ham mumkin. Agar uchrashuv o`tkazilmasa, AQSh va unga ittifoqdosh davlatlar Pxenyanga sanksiyalar qo`llashda davom etadi”, deyiladi AQSh Prezidenti bayonotida.
Xullas, bugun dunyo ko`zdagi bir tomchi yoshdek qalqib turibdi. Davlatlar o`rtasidagi vaziyatlar ba`zan taranglashsa, ba`zan yumshaydi. Nima bo`lganda ham, bugungi kiberdunyoda aql bilan ish ko`rgan ma`qul. Aks holda ko`zda qalqib turgan yosh halqalansa, hech kimga oson bo`lmaydi.






