AsosiyDunyo

Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash istagini bildirdi

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralar yakuniga bag`ishlab Floridada o`tkazilgan matbuot anjumanida AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy, Rossiya, Yaponiya bilan munosabatlarda o`z pozisiyasini bildirdi.

“Agar biz Xitoy, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan aloqalar o`rnatsak bu yomon emas, balki yaxshi bo`lardi”, degan u.

Matbuot anjumanida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qachon joriy etilishi haqida berilgan savolga Trapm “u bunga to`laqonli munosib bo`lgan zahoti”, deb javob bergan.

Shu bilan birga Tramp Rossiyaga bo`lgan munosabatda AQSh Prezidentlari ichida eng qattiqqo`l o`zi ekanini ham alohida ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar