1

KXDR mudofaa vaziri iste`foga chiqarildi

Dunyo 25.06.2014, 11:10
KXDR mudofaa vaziri iste`foga chiqarildi

KXDR mudofaa vaziri vazifasini bajarib kelgan Koreya xalq armiyasi vaziri Chan Chon Nam iste`foga chiqarildi. 

Uning o`rnini KXDR bosh shtabi sobiq etakchisi Xyon Yon Chxol egalladi. Bu haqda Kiodo agentligi Shimoliy Koreya markaziy axborot radiosiga tayanib xabar bermoqda.

Kadrlar o`zgarishi sabablari aytilmagan. Ammo, agentlikning qayd etishicha, KXDR rahbari Kim Chen In kutilmagan o`zgartirishlar kiritishni yoqtiradi.  Bu esa unga mamlakatni bir tizimda boshqarishga  yordam beradi. Koreya xalq armiyasi Kim Chen In boshqaruvidagi davlat mudofaa qo`mitasiga bo`ysunadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1