1

“Kuch birlikda” o`zbek fantastik teleseriali namoyishi boshlandi

Shou-biznes 25.06.2014, 12:03
“Kuch birlikda” o`zbek fantastik teleseriali namoyishi boshlandi

“Yoshlar” teleradiokanalida yangi “Kuch birlikda” nomli bolalar fantastik teleseriali namoyishi boshlandi, deya xabar beradi PODROBNO.UZ sayti.

Teleserial rejissyori Andrey Afrin, ssenariy muallifi Marina Xramova va Feruza To`raxo`jaeva. Dushanbadan jumaga qadar 10:50 da beriladigan ushbu teleserial 15 qismdan iborat.

O`zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan 7 nafar bolalarga Butun dunyo kompyuter ularga bergan topshiriqlarni bajarishadi. Topshiriqlar asosida ijtimoy muammolar yotadi.

Sog`liqni saqlash, ta`lim, maktabgacha ta`lim sohalaridagi qator mavzular yangicha yoritiladi. “Kuch birlikda” fantastik teleserialida 3 yoshdan 76 yoshgacha bo`lgan jami 150 nafar aktyorlar o`z mahoratlarini namoyish etishgan. Muhabbat Abdullaeva, Dono Boboxonova, Rustam Karimov, Xosiyat Xusanova, Yodgora Ziyomuhamedova, Anvar Kenjaev, Mahamadjon Xo`jaev kabilar shular jumlasidandir.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1