1

Prezident Navoiyda ijro intizomini kuchaytirish bo`yicha aniq topshiriqlar berdi

Siyosat 19.04.2018, 21:45
Prezident Navoiyda ijro intizomini kuchaytirish bo`yicha aniq topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, viloyat va tumanlar hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo`linmalari rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi. Unda joriy yil 2 mart kuni viloyatga tashrif chog`ida belgilab berilgan vazifalar va loyihalar ijrosi muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mahalliy byudjetga qo`shimcha tushumlarni ta`minlash, hudud eksportini oshirish, olis tumanlar infratuzilmasini yaxshilash, viloyat markazida namunaviy uy-joy qurish, "Obod qishloq" dasturi ko`lamini kengaytirish, tomorqa xo`jaligini rivojlantirish va yangi ish o`rinlarini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari to`rtta sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha aniq ko`rsatmalar berdi. Hududni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish lozimligini ta`kidladi. Loyihalarni, jumladan, o`rmon xo`jaligini rivojlantirish, korxonalarni zarur resurslar bilan ta`minlash, xususiy maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish borasidagi rejalarni amalga oshirishning yangi tizimini ishlab chiqish masalalariga ham e`tibor qaratildi.

Muhokama etilgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1