AsosiySport

Shaxmat bo`yicha O`zbekiston chempionati yakunlandi

'Shaxmat bo`yicha O`zbekiston chempionati yakunlandi'ning rasmi

Respublika ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar shaxmat maktabida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar o`rtasida blis, rapid hamda standart yo`nalishlarida o`tayotgan O`zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.

4.jpg

Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Zilola Aktamova, Mohinur Habibullaeva, Safinoza Jalilova, Sitora Saparova, Tohir Ne`matov, Muhammadzohid Suyarov, Olmos Rahmatullaev, Ali Qosimov tengqurlari orasida mahorat ko`rsatib, g`oliblik shohsupasining eng yuqori pog`onasidan joy oldi.

8.jpg

Umumjamoa hisobida samarqandlik shaxmatchilar 1-o`ringa loyiq topildi. Keyingi o`rinlarni Navoiy hamda Toshkent shahri jamoalari egalladi.

11.jpg

Musobaqa g`olibi va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar