BMT: Ukraina sharqida 400 dan ortiq kishi halok bo`ldi

Dunyo 25.06.2014, 15:21
BMT: Ukraina sharqida 400 dan ortiq kishi halok bo`ldi

15 apreldan 20 iyunga qadar Ukraina sharqida 423 kishi halok bo`ldi, bu haqda BMT rasman xabar berdi. 

BMTning inson huquqlari bo`yicha bosh kotibi yordamchisi Ivan Shimonovich BMT xavfsizlik kengashi yig`ilishida ta`kidlashicha, halok bo`lganlar soni haqidagi ma`lumot rasmiy manbalarga asoslangan.  

Shimonovich qayd etishicha, so`nggi ikki hafta ichida uylarini tark etgan ukrainaliklar soni ikki baravariga oshgan. BMTning qochoqlar bo`yicha agentligining ma`lum qilishicha, 46 mingdan ortiq Ukraina fuqarosi mamlakatdan chiqib ketgan, deya xabar beradi Assoshieyted press.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1