1

Hukumat mobil aloqa tizimi yaratiladi

Siyosat 20.04.2018, 11:54
Hukumat mobil aloqa tizimi yaratiladi

"Innovasion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integrasiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori (PQ–3673, 18.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror bilan 2018 yil 1 noyabrga qadar sinov tariqasida Toshkent shahrida quyidagi tizimlar ishga tushiriladi:

- telefon suhbatlari xavfsizligi va nazoratini ta`minlaydigan hukumatning mobil aloqa tizimi.

- mavjud pasportlar, tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa guvohnomalar (respublika ichida) tizimi o`rniga yagona identifikasiya raqami, uning shaxsiy ma`lumotlari va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi boshqa ma`lumotlar mavjud bo`lgan identifikasiya kartalari (ID-kartalari) tizimi;

- transport vositalari uchun qog`oz hujjatlarni bekor qilish, barcha tegishli ma`lumotlarni avtomobil egalarining ID-kartalariga kiritiladigan, amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko`zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo`yish tizimi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1