AsosiyJamiyat

Zakot, fitr sadaqa va fidyaning bu yilgi miqdori e`lon qilindi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2014 yilgi Zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo`yicha qarori e`lon qilindi.  Bu haqda Muslim.uz sayti xabar bermoqda. 

 O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`atining xulosasiga ko`ra,  milodiy 2014 yil (hijriy 1435 yil) uchun zakot nisobi (ya`ni zakot to`lanishi kerak bo`lgan umumiy mablag`) 6 800 000 so`m, zakot esa, uning uning qirqdan bir qismi -  170.000 so`m qilib belgiladi.  

 Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug`doy narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fidya miqdori bir och odamiing bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo`lib, o`rtacha 12.000 (o`n ikki ming) so`m deb belgilandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar