1

Xitoyda qonunbuzar piyodalar uchun ajoyib jazo usuli o`ylab topildi

Dunyo 20.04.2018, 14:49
Xitoyda qonunbuzar piyodalar uchun ajoyib jazo usuli o`ylab topildi

Svetoforning taqiqlovchi belgisida o`tayotgan yo`lovchilarga maxsus qurilma suv sepib yuboradi.

Buni ilk bor Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Daye shaharchasida sinovdan o`tkazishdi. Shaharning bir necha ko`chalariga tartibni buzuvchilarni qayd etadigan qurilma – datchiklarni o`rnatishdi. Agarda yo`lovchi svetoforning qizil chirog`ida o`tsa, tizim harakatlanib suv sepadi va «Iltimos, yo`lni kesib o`tmang, hozir bu xatarli!» deya o`zidan ovoz chiqarib, ogohlantiradi.

Ushbu tizimni rivojlantirish 1,3 million yuanga baholanmoqda, bu taxminan 207 ming AQSh dollari demakdir. Agar tajriba muvaffaqiyatli deb topilsa, bunday qurilma boshqa shaharlarga ham o`rnatilishi ko`zda tutilgan.

03.jpg

Bundan tashqari, mamlakatning janubidagi Shenchjen shahrida esa, kameralarga qoida buzar piyodalarni sur`atga oluvchi maxsus tarmoq o`rnatildi. Kamera qoida buzayotgan piyodalarni suratga oladi va ma`lumotni maxsus portal tizimiga yuboradi. Yo`l chetida maxsus ekranlarda olingan suratlar yirik planda ko`rsatib turiladi. Qoidani buzgan piyodalarga tegishli ravishda jarima belgilanib, ularga bu haqidagi ma`lumot ijtimoiy tarmoq orqali yuboriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1