1

Turkiya oltin zaxirasini AQShdan olib chiqib ketdi

Dunyo 20.04.2018, 17:04
Turkiya oltin zaxirasini AQShdan olib chiqib ketdi

2017 yilda Turkiya Markaziy banki AQSh banklarida saqlanayotgan 28,7 tonna oltin zaxirasini olib chiqib ketgan.

Bu haqda Turkiya Markaziy bankining rasmiy saytida e`lon qilingan yillik hisobotda ma`lum qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2016 yil so`ngida TMBning AQSh banklarida saqlanayotgan oltin zaxirasi 28, 689 tonna bo`lgan.

“Milliyet” nashrining ma`lum qilishicha, oltin zaxirasini chetdan qaytarib kelgan faqat Turkiya Markaziy banki emas. Misol uchun, Halk Bankası xorijiy banklarda saqlanayotgan 29 tonna oltin zaxirasini qaytargan. Mamlakatning yirik tijoriy banklari ham bu borada faollik ko`rsatmoqda. Nashr manbasi bergan ma`lumotga ko`ra Turkiya chetdan qaytib olgan oltin zaxirasining umumiy hisobi 220 tonnani tashkil qiladi.

OAV xulosasiga ko`ra, Turkiya banklarining bu kabi harakatlari mamlakat rahbari Rajab Erdog`anning “valyuta kursi bosimidan qutilish maqsadida oltindan dollarga qarshi foydalanish lozim” degan da`vatiga sado bo`lsa, ikkinchi tomondan AQSh va Turkiya o`rtasidagi siyosiy kelishmovchilikka ham bog`liqdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1