AsosiySport

Odil Ahmedov: rossiyalik futbol ishqibozlaridan xavotirlanishga hojat yo`q

'Odil Ahmedov: rossiyalik futbol ishqibozlaridan xavotirlanishga hojat yo`q 'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, hozirda Xitoyning "Shanxay SIPG" klubida to`p surayotgan Odil Ahmedov Sputnik Xitoy muxbiri bilan suhbatda Rossiyada o`tkazgan davri va bo`lajak jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

Odil Ahmedov xorijlik muxlislar rossiyalik ishqibozlardan cho`chimasliklari kerakligini aytdi.

"Rossiyalik futbol muxlislarini juda yaxshi bilaman. Ular futbolni sevishadi va xuddi telbalardek ishqibozlik qilishadi", — dedi u.

Odil Ahmedovning fikricha, bu yilgi jahon chempionatida Ispaniya, Germaniya yoki Braziliya g`olib bo`ladi.

Futbol bo`yicha jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11 shahrida o`tkaziladi.

Bahslar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Ekaterinburg, Kaliningrad, Samara, Saransk, Rostov-Don, Volgograd shaharlarida bo`lib o`tadi. Ochilish uchrashuvi 14 iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar