1

Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Xitoyga boradi

Siyosat 21.04.2018, 18:51
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Xitoyga boradi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegasiya 2018 yilning 23-25 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi.

Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston delegasiyasi 23-24-aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

"Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi TIV rahbarlari Sindao shahrida (XXR) Xitoy raisligida bo`lajak ShHT Sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar", — deyiladi xabarda.

Tashrif davomida O`zbekiston delegasiyasi tomonidan Pekin shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1