Angela Merkel uchun maxsus himoyaga ega telefon tayyorlandi

Dunyo 26.06.2014, 18:04
Angela Merkel uchun maxsus himoyaga ega telefon tayyorlandi

Germaniya kansleri Angela Merkelda maxsus himoya vositalariga ega telefon  paydo bo`ldi, deya yozadi Bild.

Kansler uchun maxsus tayyorlangan Blackberry Q10 telefoni maxsus  chip bilan jihozlangan.  Chip narxi 2,5 ming AQSh dollariga teng. Qayd etilishicha, Merkelga ikkita qurilma taqdim etilgan. Blackberry klassik klaviatura bilan va Blackberry Z30 sensor ekranli telefon.  Kansler klassik klaviaturali telefonni tanladi.

Nashrning qayd etishicha, qurilma Blackberry 10 operasion tizimida ishlaydi. Chip telefon qo`ng`iroqlar va ichki boshqaruv tarmog`i orqali keluvchi elektron xabarlar shifrovkasini ta`minlaydi.   SMS xabarlar ham yangi qurilma orqali shifrovka qilinadi.

2013 yilning yozida AQSh maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snouden AQShning  Germaniya hududidagi kuzatuv faoliyati haqidagi ma`lumotlarni ommaga taqdim etgan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh milliy xavfsizlik agentligi bir oy davomida Germaniya fuqarolarining 500 millionga yaqin qo`ng`iroqlarini kuzatgan. Kuzatilganlar orasida Angela Merkel bo`lishi mumkinligi esa katta shov-shuvga sabab bo`lgan.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1