Nihol mukofoti sovrindori Umidaxon turmushga chiqyapti...
Xonanda so`nggi paytlarda sevgi-muhabbat, to`y va oila haqida ketma-ket, ma`no- mazmunga boy rasmlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirayotganidan ham, bu yangilikni tahmin qilish qiyin emas edi.
Xullas, bo`lajak kuyov kim ekan, deb qiziqayotganlarga javobimiz tayyor! U ham san`atning odami.
Ko`p yillar xonanda Manzuraning ma`muri, hozir esa Nilufar Usmonova, Jasur Umirov va yosh ijrochi Sevara bilan hamkorlik qilib kelayotgan Jamshidbek! Kuyov to`ra shou-biznesda, nafaqat, professional balki, samimiy va chiroyli odobi bilan ham hurmatga sazovor bo`lgan.
Jamshid va Umidaxon avvaliga do`stlashib, so`ng bir-biriga ko`ngil qo`yishgan. Ammo hech kimga sir boy berishmadi. To`g`ri-da, to`ydan oldin nog`ora chalishning nima keragi bor?..
Hozircha, yoshlar to`y sanasi haqida aniq gap aytishmasa ham, bu hodisa tez kunlarda ekanini bilamiz. Va ushbu quvonchli kunlar bilan yoshlarga baxtni sog`inamiz!