Dengizda ustunlar asosiga barpo etilgan Bungalov uylari tarixda qoladigan bo`ldi. Gap shundaki, Maldivda dunyodagi birinchi dengizosti mehmonxonasi barpo etilyapti.
Maldivdagi Rangali orolida “Conrad Maldives Randali Island” mehmonxonasining bir bo`lagi sifatida dunyodagi ilk dengizosti mehmonxonasi qurilishi boshlab yuborildi. Shu yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi mo`ljallanayotgan suvosti ma`vosiga bormoqchi bo`lgan kishilar Hind okeanining faunasi hamda o`simliklar qo`ynida orom olishadi.
Mehmonxona dengiz sathidan 5 metr pastda bo`lsa-da, lekin u muhtasham saroylardan qolishmaydi. Xonalari katta, hammom, yotoqxonalar, kiyinish xonasi, zal – barchasi yuksak did bilan bezatilgan.
Dengizosti manzarasi, baliqlar, suvosti o`simliklar dunyosi, suv yuzasida shu`lalanadigan quyosh nurlari go`zal manzarani kasb etadi.
Dengiz ostidagi villalarda faqat suv tubini emas, balki dengiz ustini va quyosh botishini ham ko`rish imkoni bor. Tomoshabinlarni sehrlab qo`yadigan bu mehmonxona Maldivda gaplashiladigan divahiy tilida “marjon” ma`nosini anglatadigan “Muraka” nomi berildi.
Mehmonxonani barpo etishni zimmasiga olgan “Crown Company” qurilish firmasi suvosti jonivorlarini cho`chitib yubormaslikni ham e`tibordan chetda qoldirmagan.
Loyiha bosh me`mori Ahmad Salimning aytishicha, mijozlarga yangiliklar va benazir imkoniyatlar taqdim etish niyati dunyoda ilk dengizosti mehmonxonasini qurishga ishtiyoq uyg`otgan.
22.04.2018 14:22
Dunyodagi ilk dengizosti mehmonxonasi barpo etilyapti






