1

Pxenyan Kim Chen In haqidagi film sababli AQShga urush bilan tahdid qildi

Dunyo 27.06.2014, 10:47
Pxenyan Kim Chen In haqidagi film sababli AQShga urush bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi vakili ma`lum qilishicha, Kim Chen In o`ldiriladigan gollivud filmi ekranlarga chiqishi AQSh bilan urush boshlanishiga sabab bo`lishi mumkin, deya yozadi “Interfaks”. 

Bayonotda film nomi aytilmagan. Ammo, film nomi “Intervyu” ekanligi ma`lum.  Filmda teleboshlovchi va uning prodyuseri Kim Chen Indan intervyu olish uchun Pxenyanga tashrif buyurishadi. Ammo, markaziy rezvedka boshqarmasi Shimoliy Koreya rahbarini o`ldirishni buyuradi. 

“Etakchimizni o`ldirish mavzusidagi filmni suratga olish va uni  ommaga taqdim etish jinoyatkorona harakat va terrorizmdir. Agar AQSh ma`muriyati ushbu filmni namoyish etishga ruhsat bersa,  shavqatsiz qarshi choralar ko`riladi”,-deyiladi KXDRning axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan bayonotda.     

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1