1

Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi (video)

Siyosat 23.04.2018, 10:21
Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi (video)

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan bugun, 23 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Prezidentlarning poytaxtimizdagi Maxtumquli ko`chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo`ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal`a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

"O`zbekiston24" telekanali tomonidan tayyorlangan to`g`ridan-to`g`ri lavhani e`tiboringizga havola etamiz.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1