1

Asosiy e`tibor savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojiga qaratildi

Siyosat 23.04.2018, 16:03
Asosiy e`tibor savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojiga qaratildi

O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokida davom ettirdilar? deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Unda asosiy e`tibor ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Savdo aloqalarida erishilayotgan natijalardan mamnunmiz. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 55 foiz o`sdi. Bu o`tgan yilgi kelishuvlarimiz natijasidir. Bu sur`atni saqlab qolish va yanada oshirish muhim, dedi Shavkat Mirziyoev.

Turkmaniston va O`zbekiston tinchliksevar davlatlar, yaxshi qo`shnilar sifatida tanilgan. Mamlakatlarimiz xalqaro doirada ham, o`zaro aloqalarda ham bir-birini qo`llab-quvvatlaydi. Bugungi muzokaralar buni yana bir tasdiqladi, dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.

O`zbekiston va Turkmanistonda bir-birini to`ldiradigan imkoniyatlar ko`pligi, ularni ishga solib, o`zaro savdo aylanmasini jadal oshirish va nomenklaturasini kengaytirish zarurligi ta`kidlandi. Ikki mamlakat bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, sanoat korxonalari kooperasiyasini mustahkamlash, hududlar o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 2020 yilga borib tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollargacha etkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi qayd etildi.

Bu maqsadlarga erishish uchun Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya salohiyatidan maksimal darajada foydalanish zarurligi ta`kidlandi.

Turli darajadagi samarali uchrashuvlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikka yangi sur`at bag`ishladi, uni amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qildi. Mart oyida Ashxobodda o`tkazilgan O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasi muvaffaqiyatli bo`ldi. Ayni kunlarda poytaxtimizda Turkmaniston milliy ko`rgazmasi va ishbilarmon doiralarning biznes-forumi bo`lib o`tmoqda.

Transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, bu orqali o`zaro savdo hajmini, mamlakatlarimizning ushbu yo`nalishdagi raqobatbardoshligini oshirishga kelishib olindi.

Qishloq xo`jaligi mashinalari, avtomobillar va elektr texnikasi mahsulotlarini hamkorlikda ishlab chiqarish, neft va neft mahsulotlari etkazib berish, chegaraoldi hududlar o`rtasida savdo-sotiqni kengaytirish, xizmatlar ko`rsatish va boshqa masalalar bo`yicha o`zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1