1

Shavkat Mirziyoev “Evroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotiga loyiq ko`rildi

Siyosat 23.04.2018, 17:15
Shavkat Mirziyoev “Evroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotiga loyiq ko`rildi

Turkiya poytaxtida ishbilarmon kishilarning “EcoAvrasya” jamoatchilik birlashmasi tomonidan ta`sis etilgan “Evroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotining dastlabki laureatlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Tantanali tarzda tashkil etilgan marosimda ushbu davlat Prezidenti R. Erdoganning mafkura bo`yicha maslahatchisi Yolchin Topchi, fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk Ozli, Turkiya parlamenti a`zolari, xorijiy davlatlar, Anqarada akkreditasiyadan o`tkazilgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirga “EcoAvrasya” raisi Hikmet Eren moderatorlik qildi.

X. Eren o`z nutqida qayd etib o`tganidek, mazkur birlashma 2012 yildan buyon “Turk xalqlari oldidagi xizmatlari uchun” tanlovini o`tkazib keladi. Unda mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo`shgan taniqli siyosatchilar va iqtisodiyot arboblari mukofotlanib kelinadi.

“Evroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovi esa ilk bor ta`sis etildi. Mazkur yuksak mukofot taqdim etilishi Evroosiyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qo`shgan shaxslar va institutlarga ko`rsatilgan katta hurmat hamda ehtirom namunasi hisoblanadi.

“EcoAvrasya” uyushmasi boshqaruvi kengashi “Evroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovining asosiy nominasiyasi g`olibligi uchun turli nomzodlarni o`rganib chiqdi va uni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga berishga qaror qildi. Yuksak mukofot davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va nafaqat respublika, balki keng mintaqani o`zgartirayotgan, materikda iqtisodiy aloqalarni faollashtirishning asosiy omiliga aylangan chuqur hamda jadal islohotlar uchun berildi.

X. Eren O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari va Afg`oniston, Rossiya, Xitoy, Janubik Koreya, Turkiya bilan o`zaro aloqalarda misli ko`rilmagan o`sishga erishganini alohida e`tirof etdi. Uning so`zlariga ko`ra, komissiya a`zolari O`zbekistonda mazkur yo`nalishda qo`yilayotgan tarixiy qadamlarni katta zavq-shavq bilan kuzatib borishdi va birinchi mukofotni ushbu davlat etakchisiga topshirishga ahd qilishdi.

Uyushma rahbarining aytishicha, bu boradagi qaror bir ovozdan qabul qilingan.

Ushbu tashkilot boshqaruvi kengashi va uning barcha a`zolari nomidan X.Eren O`zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisini sahnaga chaqirdi hamda mukofotni davlat rahbariga butun Evroosiyo jamoatchiligi oldidagi misli ko`rilmagan va tarixiy xizmatlari belgisi sifatida topshirishni so`ragan holda tantanali ravishda taqdim etdi, deyiladi “Jahon” AA xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1