AsosiySiyosat

Ikki davlat rahbari Toshkentdagi Maxtumquli ko`chasiga tashrif buyurdi

'Ikki davlat rahbari Toshkentdagi  Maxtumquli ko`chasiga tashrif buyurdi  'ning rasmi

Ma`lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxtimizning markaziy ko`chalaridan biriga buyuk turkman shoirining nomi berilgan edi. Bu erda so`lim xiyobon barpo etilib, atrofi yanada obod qilindi. Ko`cha boshida Maxtumquliga monument o`rnatildi.

Davlat rahbarlari mazkur yodgorlik poyiga gullar qo`ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoev monumentning mazmun-mohiyati, bu erda amalga oshirilgan ishlar haqida so`zlab berdi.

Yaxlit ansamblga aylangan bu maskan Gurbanguli Berdimuhamedovda katta taassurot qoldirdi. Turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga ko`rsatgan hurmati uchun
davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar