AsosiyJamiyat

Avtomobildan chiqindi tashlagan haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi

'Avtomobildan chiqindi tashlagan haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBga avtomobillar va jamoat transportidan chiqindilarni uloqtirayotgan fuqarolarga nisbatan chora ko`rish haqida takliflar kelib tushishni boshladi.

Jarimaga birinchi bo`lib mashina oynasidan yo`lga chiqindi tashlagan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi tortildi.

Haydovchi O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 123-moddasiga muvofiq, IIBBga yuborilgan surat orqali jarimaga tortildi.

Ma`lumot uchun:

123-modda. Transport vositalaridan chiqindi yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish.

Poezdlarning vagonlari, avtomobil va shahar elektr transportidan chiqindi yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – eng kam ish haqining o`ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar