Mudofaa vazirligi qo`shinlarida 22 aprel yakshanba kuni respublika hududida joylashgan muqaddas qadamjolar, masjid va qabristonlarni obodonlashtirishdek ezgu ishlarda besh mingdan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
"Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan Toshkent shahridagi “Botkina” nomli qabristonda uyushqoqlik bilan xashar tashkil etildi. Qabrlar atrofi, ariq va yo`laklar tozalandi. Panjaralarni bo`yash, daraxt va devorlarni oqlash, payvandlash kabi yumushlar bajarildi", - deyilgan vazirlik matbuoti xizmati bergan xabarda.
Bu kabi tadbirlar shu kuni Respublikamizning chekka hududlarida ham davom etdi. Toshkent shahrida 18 ta, Jizzax, Samarqand shaharlarida 8 ta, Surhondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida 20 ta, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 16 ta hamda Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi 7 ta qabristonlar xashar yo`li bilan obod etildi.






