1

Abdulaziz Komilov hindistonlik hamkasbi Sushma Svaraj bilan uchrashdi

Siyosat 24.04.2018, 09:59
Abdulaziz Komilov hindistonlik hamkasbi Sushma Svaraj bilan uchrashdi

23 aprel kuni Pekin shahrida tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bo`lib o`tgan suhbat davomida tomonlar O`zbekiston – Hindiston kun taribining dolzarb masalalarini muhokama qildi va o`zaro munosabatlardagi yangi dinamika va ijobiy tendensiyalarni ta`kidlab o`tdi.

Vazirlar O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga bo`lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik borasida fikr almashib, uning ijobiy yakunlanishidan ikkala tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlab o`tdi.

Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiya, Terrorizmga qarshi kurashish bo`yicha qo`shma ishchi guruhi majlislarini o`tkazish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.

Hindiston TIV rahbari O`zbekistonni 2018 yilning 26–27 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Afg`oniston bo`yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning natijalari bilan tabrikladi va Hindiston tomonining yakuniy Toshkent deklarasiyasini amalga oshirishga ijobiy hissa qo`shishga tayyorligini tasdiqladi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari shu kuni ishni boshlayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlislarining kun tartibini muhokama qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1