1

Prezidentlar “O`zbek-turkman” do`stlik uyinining ochilish marosimida (foto)

Siyosat 24.04.2018, 13:59
Prezidentlar “O`zbek-turkman” do`stlik uyinining ochilish marosimida (foto)

Urganch tumanining G`oybu qishlog`ida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning o`z ona tilida ta`lim olishi, urf-odatlari va an`anlarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bu erda O`zbek-turkman do`stlik uyi bunyod etildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi asnosida ushbu ma`naviyat maskanining ochilish marosimi bo`ldi.

Davlat rahbarlari dastlab bu erda o`rnatilgan Maxtumquli Firog`iy byustini ochdi, uning poyiga gullar qo`ydi.

Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov O`zbek-turkman do`stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy me`morlik an`analari asosida bunyod etilgan. O`zbek va turkman xalqlarining ko`p asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar o`tkazish uchun katta zal, turli fan va san`at to`garaklari uchun xonalar barpo etilgan.

O`zbek-turkman do`stlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1