Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, oilaviy hordiq chiqarish an`anasini yo`lga qo`yish maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar media markazi qiziqarli loyihaga qo`l urdi. Poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida 12-13 may kunlari “Majnuntol” yoshlar festivali bo`lib o`tadi.
Festivalning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, uning doirasida “Piknichok” - taomlar yarmarkasi” ham tashkil etiladi.
Ushbu yarmarka sifatli ko`cha taomlarini ommalashtirish, O`zbekistonda dam olishning yangi millatlararo usulini hamda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, turizmning voqeaga oid turini rivojlantirish, uni an`anaga aylantirish aholining jipslashishiga vakishilarda birgalikda hordiq chiqarish odati shakllanishiga yordam berish maqsadida tashkil etilmoqda.
Yarmarka: taomlar,musiqa va mahorat-saboqlari...
- «Taomlar yarmarkasi»da turfa — ajoyib ko`cha taomlari (burger, sendvich, xot-dog)dan tortib dunyo mamlakatlari (amerikancha, fransuzcha, italyancha, ispancha, meksikancha va h.) milliy taomlarigacha taqdim etiladi.
- Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar taomlar tayyorlanishini kuzatish, ularni totib ko`rishdan tashqari ko`plab ko`ngilochar o`yinlarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega bo`ladilar.
- Qatnashchilar uchun an`anaviy stol usti o`yinlari, kvestlar, tanlovlar uyushtiriladi. Bundan tashqari festivalda bolalar uchun alohida joy ajratilgan bo`lib, yosh qatnashchilarbatutda sakrash, akvarelda bo`yash vaboshqa turli o`yinlar va o`yinchoqlarni o`ynashi mumkin.
- “Taomlar yarmarka”si doirasida tadbir qatnashchilari yurtimizning eng taniqli shef-oshpazlaridan mahorat saboqlari olib, taom tayyorlash jarayonida ishtirok etishlari mumkin bo`ladi.
- Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar uchun musiqiy chiqishlar, amaliy san`at ustalarining suvenir mahsulotlari namunalari, stol usti o`yinlari, bolalar maydonchalari shay etib qo`yiladi.
- Festival davomida “Majnuntol” gitara va mualliflik qo`shiqlari tanlovi g`oliblarining chiqishlari va g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi.
- “Go`shtqiymalagich-2018” tanlovida birinchi bo`lib go`shtqiymalagich yig`ish bo`yicha bellashuv.
- Mehmonlar o`rtasida “Xot-dogxo`r” (kim tez va ko`p xot-dog eyish bo`yicha) tanlovi.
- Mehmonlar o`rtasida “Chuchvaraxo`r” (kim tez va ko`p chuchvara eyish bo`yicha) tanlovi.
- Hamda juft bo`lib qopda yugurish bellashuvi qatnashchilarning kayfiyatini ko`tarishiga ishonchimiz komil.
- Eng sifatli umumiy ovqatlanish tashkilotlari (kafe, restoran va boshqalar) yarmarkada ishtirok etishlari mumkin.
- Arizalar 2018 yilning 5 mayga qadar qabul qilinadi.
- Batafsil ma`lumotlar uchun telegram: (+99897) 782-10-32Telefon: (+99899) 898-12-96 raqamlarigamurojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovlar...
Yarmarka davomida kattayu kichik vaqtini xush o`tkazishi va hordiq chiqarish uchun bir qator ko`ngilochar dasturlar ham rejalashtirilgan.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Facebookdagi rasmiy sahifa:www.facebook.com/piknichok.uz






