1

Xorazm viloyati drama teatrida san`at ustalari ishtirokida konsert bo`lib o`tdi (foto)

Siyosat 24.04.2018, 20:09
Xorazm viloyati drama teatrida san`at ustalari ishtirokida konsert bo`lib o`tdi (foto)

Xorazm viloyati drama teatrida O`zbekiston va Turkmaniston san`at ustalari ishtirokida konsert bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.

O`zbekiston bilan Turkmaniston o`rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat vakillari hamkorlikda konsertlar, festivallar, ko`rgazmalar tashkil etmoqda, turli tanlov va musobaqalarda qatnashmoqda. 2016 yil noyabrda mamlakatimizda Turkmaniston madaniyati kunlari, 2017 yil noyabrda esa Turkmanistonda O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazildi.

Yurtimizda turkman milliy madaniyat markazlari, qo`shni mamlakatda o`zbek milliy madaniyat markazlari tashkil etilgan. O`zbeklar va turkmanlarning o`z tili, madaniyatini boyitishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Konsertda o`zbek va turkman tilida kuy-qo`shiqlar ijro etildi. Bu xalqlarimizning azaliy qardoshligi, madaniy yaqinligini yana bir bor namoyon etdi, ikki mamlakatning mumtoz va zamonaviy san`ati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1