AsosiyDunyo

Angela Merkelning yangi telefoni uni AQSh maxsus xizmatidan himoya qila olmaydi

Germaniya kansleri Angela Merkelning yangi mobil telefoni zamonaviy himoya tizimiga ega.

Ammo, Bild  gazetasining yozishicha ushbu himoya tizimi Merkelning suhbatlari maxfiy bo`lib qolishiga kafolat bermaydi.

Yaqindagina Germaniya kansleri uchun maxsus himoyaga ega Blackberry Q10 telefoni ishlab chiqarilgani haqida xabar bergandik. Smartfon bahosi 2,5 ming evrolik Secusmart kriptochip (maxsus himoya qurilmasi) bilan jihozlangan. AQSh milliy xavfsizlik agentligi xodimi ma`lum qilishicha, AQSh deshifrovka tizimi mobil telefonlar himoya texnologiyasini ortda qoldiradi.

“Mobil telefonlar texnik o`zgarishlari bizning faoliyatimizga ta`sir o`tkazmaydi”,-dedi AQSh MXA xodimi.  Secusmart tizimini ishlab chiqargan kompaniya vakilining aytishicha, ularning kashfiyotlari barcha turdagi hujumlardan himoya qila oladi. 

    Boshqa yangiliklar