2018 yilning 24 aprel kuni Pekin shahrida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Fevraldagi uchrashuv davomi sifatida TIV rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning aniq yo`llari muhokama qilindi.
Ta`kidlanganidek, O`zbekiston prezidentining 2017 yil may oyidagi Xitoyga ko`lami va samaradorligiga ko`ra tarixiy davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tardi, davlat rahbarlari o`rtasidagi yuqori darajadagi o`zaro ishonchni namoyish etdi.
Vazirlar ShHT davlat rahbarlarining Sindao shahrida bo`lajak majlisiga va O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan fikr almashdilar.
Mintaqaviy kun tartibini muhokama qilish chog`ida Abdulaziz Komilov va Van I tomonidan Toshkentda mart oyida bo`lib o`tgan va Xitoyning nufuzli delegasiyasi faol ishtirok etgan Afg`oniston bo`yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya natijalari yuqori baholandi va Afg`oniston mojarosini hal etish doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.
Uchrashuvda O`zbekiston-Xitoy hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ham ko`rib chiqildi.






