AsosiyJamiyat

Interfaks:MTS faoliyatini yil oxirigacha tiklaydi

Rossiyaning MTS kompaniyasi O`zbekiston hukumati bilan mamlakatda aloqa operatorning faoliyatini qayti tiklash masalasi yuzasidan aniq kelishib oldi, deya xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi. 

Agentlikning qayd etishicha, MTS o`z faoliyatini yil oxiriga qadar qayta tiklaydi. 
"Shanba kuni Toshkentda MTS rahbariyati bilan muzokaralar nihoyasiga etdi. Unda Rossiya kompaniyasining O`zbekiston aloqa bozoriga qaytishi shartlari to`g`risidagi barcha munozarali savollar o`z echimini topdi",-deydi agentlikning manbasi. 

Uning so`zlariga ko`ra, hozirda  O`zbekiston va MTS kompaniyasi tomonidan “MTS” brendi ostida faoliyat olib boruvchi aloqa operatori tashkil etish to`g`risidagi hujjatlar tayyorlanmoqda. 

Eslatib o`tamiz, 27 iyun kuni Rossiyaning «RIA Novosti» hamda «Interfaks» axborot agentliklari O`zbekiston hukumati MTS aloqa operatorining faoliyatini qayta tiklashga ruhsat bergani haqida xabar tarqatgan edi.

28 iyun kuni esa 12news.uz nashri Axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasidagi manbasiga tayanib, ushbu masala yuzasidan hech qanday qaror qabul qilinmagani haqida xabar tarqatdi.  

    Boshqa yangiliklar