AsosiyDunyo

Shvesiya shahzodasi mashxur model bilan unashtirildi

35 yoshli Shvesiya shahzodasi Karl Filipp 29 yoshli fotomodel Sofiya Xellkvist bilan unashtiruvlari haqida OAVga xabar berdi. Bu haqda segodnya.ua xabar beradi. 

Shvesiya qiroli Karla XVI Gustavning yakkayu-yagona o`g`li bo`lgan Karl Filipp o`z sevgilisi bilan 27 iyun kuni unashtiruv marosimini o`tkazishdi.

Bo`lg`usi malika Drottningxolm saroyiga alvon rangli ko`ylakda tashrif buyurdi. To`yning aniq sanasi hali belgilanganicha yo`q. Ammo uni 2015 yilning yoz faslida o`tkazish rejasi bor.

Eslatib o`tamiz, ular 2009 yilda mamlakatdagi mashxur klublarning birida tanishishgan. 

    Boshqa yangiliklar