Tailandda boks bo`yicha yoshlar o`rtasida o`tkazilayotgan Osiyo chempionatida yarim final bahslari bo`lib o`tdi.
Vazni 52 kilogramm bo`lgan Samandar Xolmurodov hindistonlik Bavesh Kattimanni ochkolar hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, 56 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov qozog`istonlik Bibars Jeksen ustidan yirik hisobda g`alaba qozondi. Temur Merjanov eronlik Sajad Mousavani, Jamshidbek Mahmadaliev hindistonlik Amanni, Javohir Tog`aymurodov esa Janubiy Koreya vakili Kim Eonseungni o`z vazn toifasida mag`lub etib, finalga yo`l oldi.
Shuningdek, yarim finalga qadar barcha janglarda g`alaba qozongan Jahongir Rahmonov va Navo Tamazov Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo`ldi.
27.04.2018 05:49
Osiyo chempionatida besh nafar bokschimiz finalga yo`l oldi






