2014 yil 26 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “2014/2015 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga qabul to`g`risida”gi qaroriga asosan 2014/2015 o`quv yilida bakalavr ta`lim yo`nalishiga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi. Bu haqda norma.uz xabar beradi.
Shularning 19 120 nafari davlat grantida va 38 787 nafari to`lov-kontrakt bo`yicha tahsil oladi. Shu bilan birga bu yil magistraturada 130 o`rin qisqartirilgan. Shuning hisobiga to`lov-kontrakt bakalavr o`rinlari ko`payadi.