Toshkent shahri jamoat transportida axborot-kommunikasion texnologiyasini yo`lga qo`yish maqsadida barcha jamoat transporti yo`lkira haqqi uchun yagona transport yo`l to`lovi kartasi yordamida elektron to`lovlarni joriy qilish ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AK rasmiy sayti xabar bermoqda.
Loyihaning dastlabki bosqichida elektron to`lovlar Toshkent metropolitenida joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tajribasiga ega kompaniyalarni hamkorlikka chaqirmoqda.





