O`zbekistonda shu yilning 1 iyulidan sug`urta kompaniyalari ustav fondining eng kam miqdoriga bo`lgan yangi talablar kuchga kirdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yildagi qaroriga ko`ra, sug`urta kompaniyalarining ustav kapitali miqdori 2015 yilga borib ikki baravar oshishi kerak edi. Ushbu hujjatga muvofiq, umumiy sug`urta bilan shug`ullanadigan kompaniyalarning ustav kapitali miqdori 1,5 million evrodan kam bo`lmasligi kerak (hozirgacha 1,125 million evro edi) deya xabar beradi anons.uz.
Hayotni sug`urta qilishga ixtisoslashgan sug`urta kompaniyalari ustav kapitali miqdori 2 million evroni (shu paytga qadar 1,5 million evro edi), majburiy sug`urta sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar uchun 3 million evroni (shu paytga qadar 2,25 million evro edi), qayta sug`urtalovchilar uchun esa 6 million evroni (5 million evro edi) tashkil qiladi.